14:50 / 26.05.2018
4 065

Bugun final: Ronaldu boshchiligidagi «Real Madrid» Saloh boshliq «Liverpul»ga qarshi

Bugun final: Ronaldu boshchiligidagi «Real Madrid» Saloh boshliq «Liverpul»ga qarshi
Bugun, 26 may sanasida Yevropa Chempionlar Ligasining 2017/18 yilgi mavsumi final bahsi bo‘lib o‘tadi.

Zinedin Zidan boshchiligidagi «Real Madrid» bugun ketma-ket uchinchi bor YeChL kubogini qo‘lga kiritish uchun Yurgen Klopp shogirdlari «Liverpul»ga qarshi kurash olib boradi. Final bahsiga Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadioni mezbonlik qiladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 boshlanishi belgilangan. Bellashuv Futbol-TV telekanali tomonidan jonli efirda namoyish etiladi.

Final bahsini Milorad Majich boshchiligidagi serbiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari — Milovan Ristich va Dalibor Jurjevich yordam beradi. Darvoza ortida esa Nenad Jokich va Danilo Gruich ishlaydi. To‘rtinchi hakam – Kleman Tyurpen (Fransiya) bo‘ladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
Final uchrashuvi
26 may, shanba

«Real Madrid» — «Liverpul» 23:45


«Real Madrid»ning final o‘yiniga qaydnomasi:

Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Luka Zidan.

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Xesus Valexo, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Teo Ernandes, Ashraf Hakimi.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kasemiro, Markos Lorente, Marko Asensio, Isko, Mateo Kovachich, Dani Sebalos.

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.

«Liverpul»ning final bahsiga qayndomasi:
Darvozabonlar: Loris Karius, Simon Minole.

Himoyachilar: Nataniel Klayn, Trent Arnold, Virdjil van Deyk, Deyan Lovren, Ragnar Klavan, Alberto Moreno, Endryu Robertson, Nataniel Fillips.

Yarim himoyachilar: Jordan Xenderson, Jorjino Veynaldum, Jeyms Milner, Emre Jan, Adam Lallana, Rafael Kamacho, Kyortis Jons, Sadio Mane, Roberto Firmino.

Hujumchilar: Muhammad Saloh, Denni Ings, Dominik Solanke, Benjamin Vudbyorn.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun final: Ronaldu boshchiligidagi «Real Madrid» Saloh boshliq «Liverpul»ga qarshi