08:30 / 28.05.2018
4 639

«Qo‘qon-1912» — «Qizilqum» o‘yini bosh hakami Superliga o‘yinlaridan chetlashtirildi

«Qo‘qon-1912» — «Qizilqum» o‘yini bosh hakami Superliga o‘yinlaridan chetlashtirildi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 13-turi doirasida «Qo‘qon-1912» —«Qizilqum» uchrashuviga bosh hakamlik qilgan Akobirxo‘ja Shukurullayev o‘yin vaqtida yo‘l qo‘ygan xatolari sabab noma’lum muddatga chetlashtirildi. Bu haqda PFL rasmiy saytida xabar berildi.

O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi ushbu holatni o‘rganib chiqdi va bosh hakam Akobirxo‘ja Shukurullayevni Pepsi Superliga o‘yinlaridan chetlatishga qaror qildi. Shukurullayevga hakamlik tajribasini orttirish, Pepsi Superli talabiga javob berishga loyiq ko‘rilgunga qadar Pro-Ligada faoliyatini davom ettirish imkoniyati berildi, deyiladi PFL xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Qo‘qon-1912» — «Qizilqum» o‘yini bosh hakami Superliga o‘yinlaridan chetlashtirildi