4 900
Urugvay terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi eng kuchli tarkib bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda (video)
Urugvay terma jamoasi shu kunlarda 14 iyun kuni Rossiyada boshlanadigan jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Yana sanoqli kunlardan so‘ng O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda maydonga tushadigan Oskar Tabares shogirdlari mashg‘ulotlar o‘tkazyapti.
Urugvay futbol federatsiyasi rasmiy sayti e’lon videoda Urugvay terma jamoasining eng kuchli futbolchilarini uchratish mumkin. Ular orasida “Barselona” hujumchisi Luis Suares va “PSJ” to‘purari Edenson Kavani ham bor. Ayrim xabarlarga ko‘ra, darvozabon Fernando Muslero qo‘lidan olgan jarohat tufayli O‘zbekistonga qarshi o‘ynamasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Urugvay terma jamoasi jahon chempionatida “A” guruhidan joy olgan. Ular Rossiya, Misr va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Urugvay va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 8 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 20:00da “Centenario” stadionida boshlanadi. “Sport” telekanali mazkur o‘yinning translyatsiyasi haqida hozircha ma’lumot bergani yo‘q.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?