Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda futbolni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator futboli rivojlangan xorijiy mamlakatlar futbol assotsiatsiyalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bir qator mamlakatlar futbol rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, xorijiy mamlakatlar tajribasini yurtimizda ham yo‘lga qo‘yish borasida ko‘plab islohotlarni amalga oshiryapti.
Ana shunday chora-tadbirlar natijasida Italiya futbol assotsiatsiyasi bilan ham hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Jumladan, Italiya murabbiylari assotsiatsiyasi prezidenti va Italiya futbol federatsiyasi murabbiylar maktabi rahbari Renso Uliveri O‘FA bilan hamkorlik qilish, o‘zbekistonlik murabbiylar salohiyatini oshirish hamda O‘zbekistonda futbolning rivojiga hissa qo‘shishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Janob Uliveri hamda Italiya futbol federatsiyasining Yoshlar sektori texnik koordinatori, "Atalanta" klubi akademiyasi mutaxassisi Stefano Bonakkorso shu yilning 15-23 iyul kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, yurtimizdagi bolalar futboli murabbiylari uchun mashg‘ulot o‘tkazish tartibi, uchrashuvlarga taktik va jismoniy tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tishadi.
Manba: www.the-uff.com
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?