13:50 / 09.06.2018
3 208

Karius uchun yana bir og‘ir zarba! Undan sevgan qizi voz kechdi

Karius uchun yana bir og‘ir zarba! Undan sevgan qizi voz kechdi
Yevropa chempionlar ligasida “Liverpul”ning mag‘lubiyatida aybdor sifatida ko‘rsatilgan Lorius Kariusning hayoti ziddiyatlarga to‘lib bormoqda. Finalni boy bergani yetmaganday, endi uni sevgan qizi ham tashlab ketdi.

26 may oqshomidan buyon “Liverpul” darvozaboni Lorius Kariusning uyqusida orom yo‘q. Chunki eng ashaddiy futbol ishqibozlari sifatida tan olingan liverpulliklar tomonidan unga bir necha bor tahdidlar bo‘ldi. Hattoki o‘lim bilan qo‘rqitish holatlari ham kuzatildi. Shundan keyin Angliya politsiyasi tahdid qilganlarni surishtirishga tushdi.

Bu paytda esa darvozabonni sevgilisi Iante Roza Kochreyn – Stak ham tashlab ketishga qaror qildi. Taniqli model buni shunday izohladi:

“Lorius qolib, menga ham tahdidlar kutganimdan ortib ketdi. Bu tahlikali hayot ichida joningni omon saqlab qolishing oson emas. Yaxshisi, ajralishga qaror qildim”.

Mag‘lubiyat, tahdidlar, ortidan ajralish – oxirgisi Karius uchun Beylning chalqancha zarbasidan ham kuchli bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karius uchun yana bir og‘ir zarba! Undan sevgan qizi voz kechdi