
«Yuventus» sobiq darvozaboni Janluiji Buffon shu hafta «PSJ» o‘yinchisiga aylanadi, deb xabar bermoqda Calciomercato.com.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Parij klubi rahbariyati 40 yoshli golkiper bilan kelishuvga erishib bo‘lgan, ammo ba’zi bir kichik jihatlar qolgan.
Kutilishicha, «PSJ» Buffon bilan shartnoma imzolangani haqida 12 yoki 13 iyun kuni rasman ma’lum qiladi. Kelishuv ikki yilga mo‘ljallangan bo‘ladi, darvozabon bir mavsum uchun 7 mln yevro ish haqi oladi. Shuningdek, italiyalik futbolchi Qatarda bo‘lib o‘tuvchi JCh-2022da elchi maqomiga ega bo‘ladi.
Janluiji «Yuventus» safida 2001-2018 yillar davomida o‘ynadi. Avvalroq, Turin klubi «Jenoa» darvozaboni Mattia Perinaning transferi haqida e’lon qildi.
Manba: tribuna.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar