
O‘zbekiston Professional futbol Ligasi o‘z tarihida birinchi bor internet tarmog‘idagi translyatsiya huquqini sotishga erishdi. Ushbu huquqni O‘zPFLdan Shveysariyada joylashgan «Empower sports» kompaniyasi 4 yillik muddatga xarid qildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.
«Empower sports» kompaniyasi futbolni internet tarmog‘ida maxsus texnologiyalar yordamida translyatsiya qilish yo‘nalishida faoliyat olib boradi.
Hozirgi kunda 50dan ortiq mamlakat bilan hamkorlik qilayotgan «Empower sports» 2017 yilda 3900ta o‘yinni internetda jonli tarzda translyatsiya qilgan. Kompaniya O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan OFKningqit’ada Ligalarni rivojlantirish dasturi doirasida hamkorlik qilib kelgan. Ushbu hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida «Empower sports»ning rahbariyati O‘zbekiston Professional futbol Ligasi tasarrufida o‘tayotgan musobaqalarning elektron huquqini xarid qilishga qaror qilgan.
O‘zPFL bosh direktori Omon G‘afurovning aytishicha, hozirgi kunda superliganing 6 klubi («Nasaf», «Paxtakor», «Qo‘qon-1912», «So‘g‘diyona», AGMK, «Lokmotiv») uy uchrashuvlarini translyatsiya qilish imkoniyatiga ega. Kelajakda bosqima-bosqich pro-liga, yoshlar ligasi, futzal va ayollar chempionatlarida ishtirok etuvchi jamoalar ham internet translyatsiya qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar