21:39 / 15.06.2018
3 488

JCh-2018. Ektor Kuper: "Hali vaziyatni o‘nglay olamiz"

ЖЧ-2018. Эктор Купер: "Ҳали вазиятни ўнглай оламиз"
Jahon chempionatining "A" guruhi 1-tur uchrashuvida Misr terma jamoasi Urugvayga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Misrliklar bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘yindan keyin mag‘lubiyatga quyidagicha izoh berdi:

- "Sizlarda nima bo‘lsa, bizda ham shular bor va har doim imkoniyatdan foydalanishga harakat qilamiz. Hujumchilar bor, vaziyatlar bo‘lyapti. To‘g‘ri, bugun yutqazdik, lekin vaziyatni o‘nglay olamiz. Biz o‘z imkoniyatimizdan foydalangan holda to‘p tepdik".

- "Ramazonmi? Misrlik futbolchilar bunga allaqachon ko‘nikib qolishgan. Bu narsa mag‘lubiyatga bahona bo‘la olmaydi. Yutqazganimiz sababi bunda emas. Biz qarshi hujumlarda o‘ynashga harakat qildik. Ikkinchi taymda aniq to‘p uzatishlar yetishmadi. Yana qaytarib aytaman, o‘yinimiz yomon emas. Hali hammasi oldinda".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018. Ektor Kuper: "Hali vaziyatni o‘nglay olamiz"