Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov JCh-2018 guruh bosqichi uchrashuvida Meksikaga mag‘lubiyatdan so‘ng jurnalistlarga o‘z terma jamoasi albatta pley-offga yo‘l olishini aytib o‘tdi.
Moskvadagi «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tgan F guruhi uchrashuvi meksikaliklarning minimal g‘alabasi bilan yakun topdi — 1:0.
«Ha, bu birinchi mag‘lubiyat. Ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi, doimo nimadir ilk marta ro‘y beradi. Shunchaki, biz bugun avvalgidek o‘ynay olmadik. Lekin bu biz parokanda bo‘lamiz, degani emas, buning uchun sabab ko‘rmayapman. Biz o‘z taktik chizig‘imizga sodiq qolamiz va guruhdan chiqamiz», — dedi Lyov.
«Nemis futbolchilari keyingi o‘yinlar oldidan Meksikadan uchralgan mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishlari lozim», — dedi yana Lyov matbuot anjumanida.
Keyingi o‘yinda Germaniya terma jamoasi Shvetsiya termasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 23 iyun kuni Sochidagi «Fisht» olimpiya stadionida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi