12:30 / 19.06.2018
4 137

«Chelsi» klubi Antonio Konte va uning yordamchilari bilan xayrlashdi

«Chelsi» klubi Antonio Konte va uning yordamchilari bilan xayrlashdi
«Chelsi» klubi rahbariyati Antonio Konte va uning yordamchilari bilan xayrlashib, ularga to‘lanishi kerak bo‘lgan tovon pulini ham kelishib oldi.

«Stemford Bridj»da o‘tgan ikki yil davomida italiyalik mutaxassis Premer-Liga va Angliya kubogini qo‘lga kiritdi, biroq rahbariyat va alohida futbolchilar bilan aloqasi yomonlashdi.

Lekin Konte o‘z istagi bilan lavozimni tark etishni istamadi va ishlashda davom etishini ta’kidlab keldi. Ushbu holatda londonliklar murabbiy va uning yordamchilariga 9,5 million funt miqdoridagi tovon pulini to‘lashga rozi bo‘lib shartnomani muddatidan avval bekor qildi.

«Chelsi» klubi ushbu hafta oxirida yangi bosh murabbiy borasida bir qarorga kelishini kutmoqda. Ular Mauritsio Sarrini taklif etish istagidan qaytishgani yo‘q, uning yordamchisi sifatida esa Janfranko Dzola bo‘lishi mumkin.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Chelsi» klubi Antonio Konte va uning yordamchilari bilan xayrlashdi