JCh-2018. Shveytsariya Serbiya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

JCh-2018. Shveytsariya Serbiya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi
JCh-2018 musobaqasi "Ye" guruhi 2-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Serbiya hamda Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. «Kaliningrad» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Shveytsariyaning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv keskin kurashlar ostida boshlandi va bo‘lim debyuti serblar uchun omadli keldi. 5-daqiqada Dushan Tadich o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi, u yerda Aleksandr Mitrovich boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Goldan so‘ng ham kichik ustunlik Serbiya vakillarida bo‘ldi.

Shuningdek, ikkinchi bo‘lim ham serbiyaliklarning hujumlari bilan boshlangandi, ammo gol urish shvetsarlarga nasib qildi. 52-daqiqada Granit Jaka himoyachilarga tegib qaytgan to‘pga jarima maydoni tashqarisidan to‘xtatmasdan zarba berib, muvozanatni tikladi.

Uchrashuv so‘nggida Shveytsariya qarshi hujumdan unumli foydalandi: darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Jerdan Shakiri jamoasiga g‘alaba olib kelgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, Shveytsariya o‘z ochkolarini 4taga yetkazib oldi va Braziliya bilan bir xil ochko to‘plagan holda guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Serbiyada esa uch ochko bor va ular so‘nggi turda Braziliyaga qarshi o‘yin o‘tkazadilar. Shveytsariya esa Kosta-Rika bilan o‘ynaydi.

JCh-2018
"Ye" guruhi

Serbiya – Shveytsariya 1:2 (1:0, 0:2)

Gollar:
1:0 – 5 Mitrovich, 1:1 – 52 Djaka, 1:2 – 90 Shakiri.

Serbiya – Stoykovich, Milenkovich, Kolarov, Ivanovich, Toshich, Milivoyevich (Radonich, 81), Matich, Milinkovich-Savich, Tadich, Kostich (Lyayich, 65), Mitrovich.

Shveytsariya – Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Akandji, Bexrami, Djaka, Djemaili (Embolo, 73), Shakiri, Suber (Drmich, 90), Seferovich (Gavranovich, 46).

Ogohlantirishlar: Milinkovich-Savich (33), Milivoyevich (39), Matich (45), Mitrovich (87), Shakiri (90).

Manba: www.uff.uz

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar