14:14 / 27.06.2018
3 630

Lionel Messi: "Bunchalik qiynalamiz deb o‘ylamagan edik"

Лионель Месси: "Бунчалик қийналамиз деб ўйламаган эдик"
Argentina terma jamoasi sardori Linel Messi JCh-2018 guruh bosqichining 3-turida Nigeriya bilan pley-off uchun kechgan kurash haqida gapirib o‘tdi.

- O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limda to‘pni nazorat qildik. Goldan keyin ham vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda esa penaltidan to‘p o‘tkazib yubordik va asabiylashish boshlandi. Vaqt uchib o‘tayotgandek edi. Biz hujum qilishni boshladim va ko‘proq bosim yaratdik. Shu tarzda ikkinchi gol kiritildi.

- Siz bugungi kabi qiynalganmisiz? Roxoning goli tinchlantirgandir?

- Biz bugun haqiqatdan ham qiynaldik. O‘rtada hamma narsa turgan edi. Roxo to‘pidan keyin ancha tinchlandik. Juda ham og‘ir bo‘ldi. Bungacha biz yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Biroq maqsadimizga erishdik. Bunchalik darajada qiynalamiz, deb o‘ylamagan edik.

- Fransiya haqida nima deya olasiz? Ularning o‘yinini tomosha qildingizmi?
- Albatta, biz har bir o‘yinni ko‘rib boramiz. Ularga qarshi nima qilishni yaxshi bilaman. Va’da beramanki, Fransiya bilan oddiy o‘yin bo‘lmaydi, - deydi Messi o‘yindan so‘ng.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi: "Bunchalik qiynalamiz deb o‘ylamagan edik"