07:30 / 30.06.2018
3 033

“Nasaf” nazorat uchrashuvida “Metallurg”ni dog‘da qoldirdi

"Насаф" назорат учрашувида "Металлург"ни доғда қолдирди
Kecha xabar qilganimizdek, “Nasaf” bugun Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Uchrashuvda qarshiliklar kichik 1:0 hisobida “Metallurg”dan ustun keldi. Uchrashuvdagi yagona golni G‘olib G‘aybullayev kiritdi.

Uchrashuv boshida “ajdarlar” burchak to‘pi tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Burchak to‘pini Sharof Muhitdinov amalga oshirdi. Hujumchilarga yordamga kelgan G‘olib G‘aybullayev boshi bilan to‘pni aniq darvozaga joylab qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi uchrashuvda “Nasaf”ning OTJga chaqirilgan futbolchilari ishtirok etishgani yo‘q. Ular ertaga tongda Turkiyadan yurtimizga qaytib kelishadi va 3 iyul kunidan klub bazasida davom etadigan tayyorgarlik mashg‘ulotlariga qo‘shilishadi.

Nazorat uchrashuvi

“Metallurg” – “Nasaf” 0:1


29.06.2018. Qibray SM

Gol: G‘olib G‘aybullayev, 2’-0:1

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Maqsud Karimov, G‘olib G‘aybullayev, Saydullo Rahmatov, Dilshod Saitov, Umarbek Eshmurodov, Akmal Mozgovoy, Sharof Muhitdinov, Bobir Davlatov, Islom Rashidxonov, Sherzod Temirov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Nikolay Abramov, Xudoyorxon Sagdullayev, Sardor Sa’dullayev, Mashhurjon Muhammadjonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” nazorat uchrashuvida “Metallurg”ni dog‘da qoldirdi