
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernando Yerro JCH-2018 1/8 final Rossiya termasiga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz Rossiya terma jamoasi qanday o‘ynashini bilamiz. Ular qanotlardan va to‘p oshirishlardan tez-tez foydalanishadi. Yana shuni ham unutmaslik lozimki, ular o‘z uy stadionlarida o‘ynaydi.
Ispaniya terma jamoasi futbolchilari juda ham hayajonda, ular yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi va pley-off bosqichini sabrsizlik bilan kutishmoqda», - deydi Yerro Marca nashriga.
Ispaniya – Rossiya uchrashuvi ertaga 1 iyul kuni Moskva shahridagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqti Toshkent bilan soat 19:00.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar