16:38 / 04.07.2018
2 923

Yoaxim Lev: “Ular menga qayta imkon berishdi va endi buni oqlashga majburman”

Yoaxim Lev: “Ular menga qayta imkon berishdi va endi buni oqlashga majburman”
Germaniya terma jamoasi murabbiyi Yoaxim Lev jahon chempionatidagi omadsizlikka qaramasdan ham lavozimida qolishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Germaniya futbol ittifoqi tomonidan ishonch bildirilgan 58 yoshli mutaxassis bugun dastlabki intervyusini berdi, deb yozadi “Hordiq” nashri.

“Germaniya futbol ittifoqiga ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular menga qayta imkon berishdi va buni endi oqlashga majburman. Tanqid emas, balki omadsizlikdan so‘ng meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman.

Ko‘p narsa haqida o‘yladim, umidlarim juda katta. DFB rahbariyati bilan shaxsan ko‘rishdim va jamoada qolib qayta qurish ishlarini amalga oshirishimni bildirdim. Hammasini tahlil qilib, jamoa futbolchilari bilan aniq rejalar ustida ishlaymiz.

Yangi mavsumda o‘ylaymanki, bunday kamchiliklar bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bu vaqt talab etadi, lekin sentyabr oyiga qadar barchasini unutishga harakat qilamiz”, deydi Lyov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yoaxim Lev: “Ular menga qayta imkon berishdi va endi buni oqlashga majburman”