
Iste’dodli professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev (2-0-0)professional boksdagi uchinchi jangini 14 iyul kuni o‘tkazdi. AQShning Kaliforniya shtatidagi “Hollywood” arenasida o‘tgan jangda hamyurtimizga argentinalik Luis Fernando Molina (7-4-1) raqiblik qildi.
6 raund etib belgilangan jangda g‘olib nomi hakamlar bergan ovozlarga ko‘ra aniqlandi va Murodjon navbatdagi g‘alabasini tantana qildi.
Professional ringda shu vaqtga qadar 12 ta jang o‘tkazgan o‘ttiz yoshli Luis o‘zining so‘nggi jangini 2017 yilning dekabr oyida o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, Murodjon professional ringdagi ilk jangini 10 mart kuni argentinalik David Michel Pazga (4-4-1) qarshi o‘tkazib, nokautga uchratgan bo‘lsa, 21 aprel kuni o‘tgan ikkinchi jangida yana bir argentinalik Karlos Suaresni (7-4-3) texnik nokautga uchratdi.
Murodjon AhmadaliyevProfessional BoksJang O‘tkazdiAQSh ShtatiKaliforniyaLuis Fernando MolinaG‘alabaMag‘lubiyatTexnik Nokaut O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar