date
views 3 656

Klopp: “Liverpul”ning yozgi transferlaridan mening ko‘nglim to‘ldi

Klopp: “Liverpul”ning yozgi transferlaridan mening ko‘nglim to‘ldi
Angliyaning “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining yozgi transferlar davridagi ishlari yakuniga yetgani haqida aytib o‘tdi.

“Amalga oshirgan omadli xaridlarimizdan so‘ng yangi mavsumda yutuqlarga erishishimiz barcha narsa yetarli bo‘ldi. Biz tarkibni kuchaytirishimiz lozim edi va biz buni uddaladik. Ushbu transferlardan mening ko‘nglim to‘ldi. Biz muammoli chiziqlarimizni bartaraf eta oldik va endi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rsak bas. Shu bilan bizning transferlar bozoridagi ishlarimiz yakunlandi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” joriy yozgi transferlar davrida jami 180 million yevro sarfladi va buning evaziga darvozabon Alisson (62 million) hamda yarim himoyachilar Jerdan Shakiri (15), Nabi Keyta (60) va Fabinolarni (45) xarid qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klopp: “Liverpul”ning yozgi transferlaridan mening ko‘nglim to‘ldi