
Angliyaning Opta Sports statistik kompaniyasi Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tgan JCh-2018 musobaqasini tarixdagi eng yaxshi mundial deya tan oldi.
Kompaniya vakillaridan biri Aleksandr Dunkanning ta’kidlashicha, kech urilgan g‘alaba gollari va sensatsion natijalar bunga asosiy sabab bo‘lmoqda.
Opta Sports talqiniga ko‘ra, JCh-2018 asosiy sensatsiyasi Germaniya termasi bo‘lgan.
Turnirda 9ta g‘alaba goli 89-daqiqadan so‘ng urilgan. So‘nggi beshta JChdagi kech urilgan gollarni birgalikda hisoblaganda ham bundan kam bo‘ladi.
Bundan tashqari, taxlilchilar standart vaziyatlardan urilgan gollarga ham e’tibor qaratganlar. Yana videotakrorlar tizimining qo‘llanilishi ham shu xulosaga kelinishiga sabab bo‘lgan.
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar