15:55 / 05.08.2018
2 656

«Liverpul» «Napoli»ga 5 ta gol urdi, «Arsenal»da g‘alaba, «Tottenhem»da mag‘lubiyat (video)

«Liverpul» «Napoli»ga 5 ta gol urdi, «Arsenal»da g‘alaba, «Tottenhem»da mag‘lubiyat (video)
Angliyaning 3 ta klubi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi deb ma’lum qiladi Kun nashri.

«Liverpul» «Napoli»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Yurgen Klopp shogirdlari Karlo Anchelotti jamoasi darvozasiga javobsiz beshta gol urdi — 5:0.

To‘rtinchi daqiqadayoq «Liverpul» Jeyms Milnerning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgandi. Yana 5 daqiqadan keyin Milner Jorjino Veynaldumni golli pas bilan ta’minladi.

58-daqiqada esa Muhammad Saloh o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. 73-daqiqadan 78-daqiqagacha inglizlar jamoasi Deniyel Starrij va Albert Morenoning gollari evaziga hisobni yanada yirik ko‘rinishga keltirishdi.

Bu o‘yin futbol tarixidagi eng qimmatbaho darvozabon, braziliyalik Alison Beker uchun «Liverpul» safidagi debyut uchrashuv bo‘ldi.

Shu kuni «Arsenal» Italiyaning boshqa bir klubi «Latsio»ga qarshi o‘ynadi va ikki bo‘limda bittadan gol urib, g‘alabaga erishdi. Gollarga Reyss Nelson va Per-Emerik Obameyang mualliflik qilishdi.

«Tottenhem» esa «Jirona»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi - 1:4.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

Liverpul Angliya – Napoli Italiya 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar:
1:0 – 4 Milner, 2:0 – 9 Veynaldum, 3:0 – 58 Saloh, 4:0 – 73 Starrij, 5:0 – 77 Moreno.

Liverpul – Alisson, Gomes (Filipps, 76), Robertson (Moreno, 62), Klayn (Aleksander-Arnold, 62), van Deyk, Veynaldum (Jons, 62), Milner (Fabino, 56), Keyta (Origi, 71), Mane (Starrij, 62), Saloh (Solanke, 62), Firmino (Shaqiri, 46).
Napoli – Karnezis, Kulibali (Kirikesh, 71), Husay, Luperto (Mariu Ruy, 46), Albiol (Maksimovich, 59), Hamshik (Una, 63), Allan, Kallejon (Diavara, 63), Fabian Ruis (Rog, 62), Insine (Verdi, 63), Milik (Ingleze, 62).

Arsenal Angliya – Latsio Italiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 18 Nelson, 2:0 – 64 Obameyang.

Arsenal – Leno, Holding (Mavropanos, 78), Chembers (Papastatopulos, 78), Lixtshtayner (Belerin, 62), Meytlend-Naylz, Torreyra (El-Nenni, 62), Chaka (O‘zil, 62), Ivobi (Mxitaryan, 62), Lyakazett (Smit-Rou, 78), Nketia (Obameyang, 46), Nelson (Ganduzi, 46).
Latsio – Proto, Acherbi (Gabarron, 71), Radu (Luis Felipe, 62), Basta (Bashtush, 71), Uolles (Kaseres, 71), Murdjia (Milinkovich-Savich, 62), Lulich (Durmisi, 62), Luis Alberto (Kataldi, 71), Parolo (Korrea, 71), Leyva (Badel, 71), Kaysedo (Netu, 71).
Ogohlantirish: Holding (77).

Jirona Ispaniya – Tottenhem Angliya 4:1 (2:1, 2:0)
Gollar:
0:1 – 13 Lukas Moura, 1:1 – 22 Xuanpe, 2:1 – 34 Losano, 3:1 – 53 Portu, 4:1 – 61 Aleysh Garsiya.

Jirona – Bunu (Vito, 85), Munesa (Alkala, 72), Xuanpe (Ramalo, 82), Espinosa (Planas, 73), Porro (Andzuana, 82), Aleysh Garsiya (Kochorashvili, 84), Granel, Garsiya (Montes, 83), Timor (Pons, 65), Portu (Aday, 70), Losano (Soni, 66).
Tottenhem – Vorm (Gassaniga, 46), Eyoma (Tanganga, 82), Devis, Ore (Uoker-Piters, 46), Eymos (Treysi, 81), Marsh (Bouden, 83), Georgiu, Nkudu (Dinzeyi, 63), Skipp, Lukas Moura (Lorente, 46), Son Xin Min (Magoma, 81).
Ogohlantirishlar: Garsiya (35), Granel (44), Munesa (45), Soni (66).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» «Napoli»ga 5 ta gol urdi, «Arsenal»da g‘alaba, «Tottenhem»da mag‘lubiyat (video)