Boeing 737 MAX 7 va MAX 737 MAX 10 sinovlarini yakunladi

Aviatsiya sanoatining yetakchi kompaniyasi bo'lgan Boeing o'zining Boeing 737 MAX 7 hamda Boeing 737 MAX 10 havo kemalari uchun sertifikatsion sinovlar dasturi muvaffaqiyatli yakunlanganini rasman e'lon qildi. Eng yirik va qamrovli sinov dasturi Boeing 737 MAX 10 modeli uchun amalga oshirilib, uchta tajriba mashinasi yordamida 976 ta sertifikatsion parvoz bajarildi va taxminan 1040 soatlik yer usti sinovlaridan o'tkazildi.
Aviatsiya sanoatining yetakchi kompaniyalaridan biri boʻlgan Boeing oʻzining eng yangi Boeing 737 MAX 7 hamda Boeing 737 MAX 10 havo kemalari uchun sertifikatsion sinovlar dasturi muvaffaqiyatli yakunlanganini rasman eʼlon qildi. Ushbu muhim bosqich AQSh Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasidan (FAA) rasmiy sertifikatlarni qoʻlga kiritish yoʻlidagi eng yirik texnik toʻsiqdan muvaffaqiyatli oʻtilganini anglatadi, garchi yakuniy sertifikatsiya jarayoni hali toʻliq yakuniga yetmagan boʻlsa-da. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Sinov jarayonining koʻlami va asosiy bosqichlari
Ixbt.com maʼlumotiga koʻra, eng yirik va qamrovli sinov dasturi Boeing 737 MAX 10 modeli uchun amalga oshirildi. Mazkur samolyot uchta tajriba mashinasi yordamida umumiy davomiyligi 2060 soatdan ortiq boʻlgan 976 ta sertifikatsion parvozni muvaffaqiyatli bajarib chiqdi. Shuningdek, layner taxminan 1040 soatlik yer usti sinovlaridan ham oʻtkazildi.Sinovlar davomida mutaxassislar dvigatellarning muzlashga qarshi tizimi ishini, hujum burchagini aniqlashning takomillashtirilgan tizimini hamda nam uchish-qoʻnish yoʻlagidagi tormozlanish samaradorligini sinchkovlik bilan tekshirdilar. Shu bilan birga, shassi xarakteristikalari oʻrganilib, maksimal tezlikda parvozni toʻxtatish boʻshicha sinovlar bajarildi. Dasturning yakuniy bosqichi sifatida salon tizimlari, jumladan, avariya signallari va yoʻlovchilarni xabardor qilish tizimlarining eshitilishi tekshirildi.
Hujjatlarni rasmiylashtirish va kelgusi rejalar
Boeing vakillarining taʼkidlashicha, endi kompaniya sinov natijalarini tahlil qilish, xavfsizlikni baholash tartib-qoidalarini yakunlash hamda yakuniy hujjatlar paketini FAA idorasiga taqdim etish ishlarini amalga oshirishi lozim. Qizigʻi shundaki, Boeing 737 MAX 10 oxirgi sertifikatsion parvozini sinovchi uchuvchi Den Mengel boshqaruvida amalga oshirdi — aynan shu uchuvchi toʻrt yil muqaddam ushbu samolyotni ilk bor osmonga koʻtargan edi.Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, Boeing 737 MAX 7 modeli hujjatlarni tayyorlash boʻyicha biroz oldinda bormoqda va hozirning oʻzida sertifikatlash uchun zarur boʻlgan materiallarning taxminan 95 foizini yakunlab qoʻygan. Ishlab chiqaruvchi avvalgi jadvalni saqlab qolgan holda, FAA sertifikatlari 2026-yilning oxirigacha olinishini, ilk yetkazib berishlar esa 2027-yilda boshlanishini rejalashtirmoqda.
Yangi avlod 737 MAX versiyalarini Boeing kompaniyasining yirik buyurtmachilari uzoq vaqtdan beri kutishmoqda. Xususan, Southwest Airlines aviakompaniyasi MAX 7 samolyotlarini olishni rejalashtirgan boʻlsa, United Airlines hamda Delta Air Lines uzaytirilgan MAX 10 versiyasini kutayotgan asosiy tashuvchilar qatoriga kiradi. Qolaversa, sinovlar davomida tasdiqlangan barcha oʻzgarishlar, jumladan, dvigatellar uchun yangilangan muzlashga qarshi tizimlar nafaqat yangi samolyotlarga, balki hozirda foydalanilayotgan 737 MAX oilasiga mansub barcha mavjud laynerlarga ham joriy etiladi.






























Izohlar 0
…