08:58 / 09.08.2018
3 622

"Liverpul"ning mavsumi, Mourinoning ketishi... APLning yangi mavsumidagi intrigalar

"Ливерпуль"нинг мавсуми, Моуриньонинг кетиши... АПЛнинг янги мавсумидаги интригалар
Eski tuzumga barham berildi: APLning 14 jamoasi transferlar oynasi liganing boshlanishiga yopilishiga ovoz berishdi.
Endi mavsum boshlanganidan keyin yangi futbolchilar jalb qilinmaydi. Ko‘pchilik shu boisdan klublar transferlar uchun mablag‘ni kam sarflashi va barchasini tezda hal qilishini kutishgandi. Ammo birinchi tur boshlanishiga bir hafta qolganida barcha klublar bundan rohat olishning o‘rniga qaltirashni boshlashdi. Boshqa davlat klublari mavsum boshlanganida ham jarohatlangan futbolchilarning o‘rniga boshqalari bilan bemalol muzokara o‘tkazayotgan pallada APL jamoalari qiyin holatda qolgan bo‘ladi.

Maurisio Pochettino aprel oyida ishtiyoq bilan shunday degandi: "Bu ayniqsa biz uchun ajoyib holat - mavsum boshlangunga qadar barcha ishlarni amalga oshirish kerak. Aksariyat jamoalar katta o‘zgarishlarni qilishni istashmaydi, biroq "shporlar" emas. Endi yangi mavsum startiga tarkib tayyor bo‘ladi va yangilarning jamoadagi adaptatsiyasi uchun anchagina vaqt qoladi". Avgustning boshi, transferlar oynasi yopilishiga oz vaqt qolgan bo‘lsa-da, "Tottenxem"ning o‘zi hech kimni xarid qilmadi, murabbiyning o‘zi esa umuman boshqa gapni gapirdi: "Transferlar oynasining birinchi kunidagidekmiz. Bu boradagi holatga boshqalar javob bersin".

NIHOYaT, "LIVERPUL"NING YILI BO‘LADIMI?

"Liverpul"ning mavsumi" iborasi bir necha yillardan buyon jamoa muxlislarini ovuntirib kelmoqda. 1992 yilda birinchi divizion tugatilganidan keyin "Liverpul" hali biror marta ham chempion bo‘lgani yo‘q. Jamoa ko‘p bora "Yunayted"ning "changi"da qolib ketdi.

"Liverpul" o‘z aybi bilan chempionlikka erisha olmagan: hatto jamoa Brendan Rojers qo‘l ostida ajoyib hujumkor uslub namoyish etib, sovringa anchagina yaqinlashgan bo‘lsa ham, Stivi Jining qulashi va "Kristal Pelas"dan o‘tkazilgan 3 gol "Manchester Siti"ni chempion qilgandi.

Endi barasi o‘zgarishi mumkin. O‘tgan mavsumda Kloppning "Liverpul"i ajoyib va samarador o‘yin ko‘rsatib, YeChL finaliga qadar borgandi. Yozda esa Yurgen jamoaning kuchsiz tomonlarini yo‘qotdi: Saloh, van Deyk kabi yuqori saviyali futbolchilardan tashqari, posbon Alisson, yarim himoyachilar Nabi Keyta va Fabino, qanotdagi jangari Shakiri. Endi "Liverpul"ning hujumida ajoyib raqobat bor, himoya esa devor kabi mustahkam.

Balki bu mavsumda Klopp Angliyada o‘zining ilk sovrinini qo‘lga kiritishi ham mumkin. "Liverpul" muxlislari esa uzoq kutilgan chempionlikni boshqalarga berib qo‘yishni istashmayapti.

"FULXEM" VA "VULVERXEMPTON" - SENSATsIYaLARMI YoKI...

Ruy Patrisiu, Joau Moutinyu, Jan-Mishel Seri, Andre Shyurrle, Aleksandr Mitrovich. yo‘q, bu tarkib yevrokuboklar uchun kurashayotgan jamoaniki emas, bu APLning ikki yangi jamoasi "Fulxem" va "Vulverxempton"ga tegishli. Ikki jamoa ham Angliya futbolining yuqori divizionida ishtirok etish borasida kattagina tajribaga ega, biroq ular bir necha yillarini Chempionshipda o‘tkazishdi.

"Vulverxempton" allaqachon Angliya futbolining portugalcha gerbiga aylanib bo‘ldi. Klubda "Portu"ning ikkinchi darvozaboni Nunu Eshpiritu Santu ishlamoqda, jamoa bilan katta agent Jorje Mendesh hamkorlik qilmoqda. Umuman olganda Joze Mourinoning vatandoshlari asosan shu jamoaga bormoqda. Ularning orasida Yevro-2016ning ikki chempionlari ham bor. Shuningdek, transferlar oynasi yopilguncha "Barselona" tarbiyalanuvchisi Adama Traore ham APL jamoasiga o‘tishi mumkin.

"Fulxem" ham o‘z raqobatchisidan qolishmaslikka harakat qildi. Jamoa bungacha ijara asosida harakat qilgan Aleksandr Mitrovich, qo‘shimchasiga anchagina tezkor bo‘lgan, yangi Garet Beyl deb atalayotgan Rayan Sessenon, bir yil oldin "Barselona" jiddiy qiziqish bildirgan Jan Mishel Seri, "Chelsi"ning sobiq futbolchisi, jahon chempioni Andre Shyurrlening transferini rasmiylashtirdi.

Premer-liga tarixida yangi jamoalar ko‘plab jarangdor transferlarni amalga oshirgan vaqtlari juda ko‘p bo‘lgan. Faqatgina nomdor futbolchilarni xarid qilgan KPRni yodga olish mumkin. "Vulverxempton" va "Fulxem" ham huddi ular kabi ishlay olmagan bo‘lsa-da, maydondagi o‘yinlarda sensatsiyalar qayd etishini istaymiz.

"MANChESTER SITI" O‘ZGARADI...MI?

Chempion jamoa yangi mavsumda tarkib yoki o‘yin uslubiga o‘zgartirish kiritishi kerak deb hisoblashadi. "Shaharliklar" taxminan shunday, o‘tgan mavsumda APLning yutgan kayfiyati bilan transferlar oynasida ishladi. Pep qishdan buyon yarim himoyachilarga extiyoj sezmayotgan vaqtda Mourino va Sarri katta pullar evaziga Fred va Jorjinoni transfer qildi.

Balki "Siti" yozda yana bir yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olar, biroq bungacha ularning yagona xaridi Riyod Maxrez bo‘lib turibdi. Gvardiola jazoirlik futbolchini qishdan buyon kuzatib bormoqda. "Shaharliklar" futbolchini o‘z tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylantirdi - 67 mln yevro. "Lester"ning sobiq yetakchisi esa yangi jamoasidagi debyut uchrashuvida qatnashishga ham ulgurdi. Angliya Superkubogi doirasida "Chelsi"ga qarshi bahsda u Rahim Sterling bilan jiddiy raqobatchi bo‘lishini ko‘rsata oldi.

"Siti"da Serxio Aguero boshchiligidagi dahshatli hujum chizig‘i bor. O‘zining mukammal darajadagi yarim himoya va mudofaa vakillari bilan bemalol barcha taktikalarda o‘ynasa bo‘ladi. Gvardiola esa izlanishdan charchamayapti. U Stounzni tayanchda ham o‘ynatishga ulgurdi, shuningdek, iqtidorli Fil Foden ham tarkibga jalb qilindi.

Uzoq muddatdan buyon Angliyada superkubokni bir jamoa ketma ket ikki mavsum qo‘lga kiritgani yo‘q. Bu sovrin "Siti" uchun yangicha chaqiruvlarni taqdim qilishi kerak.

MOURINO MAVSUM YaKUNIGA QADAR IShLAYDIMI?

"Siti"ning qo‘shnilaridagi ish unchalik yaxshi emas. Joze Mourino mavsumni ko‘plab chegarasiz shikoyatlar bilan boshlamoqda: jahon chempionatida qatnashgan futbolchilar, mavsumoldi turnesining zararli tomonlari, transferlardagi sekinlik. Ammo haqiqatdan ham, MYuning AQShdagi turnega borgan tarkibi asosan yosh futbolchilardan tashkil topgandi.

Mourinoning so‘zlariga, e’tirozlariga qaramasdan, uning pessimizm va negativ insonligi yangi mavsum oldidan "Yunayted" muxlislari orasida biroz nosog‘lom bo‘lgan ajiotajni keltirib chiqardi. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, murabbiy o‘zini sug‘urtalab qo‘ymoqda. Klub esa jamoaga yangi murabbiy izlashni boshlab yuborishi kerak.

Undan tashqari, Mourinoda klub rahbariyatidan hafa bo‘ladigan jihatlar ham yo‘q emas. Jamoaning pozitsiyalari mavsum boshlanishi arafasida hali ham kuchaytirilmagan. Ammo bundan Ed Vudvord ancha vaqt oldin xabar topgandi. Murabbiyning "Yunayted" bosslari bilan bo‘layotgan kichik mojarolari ham murabbiyning taqdirini Pogba va Marsyalniki kabi qilib qo‘yishi hech gap emas.
Mirjalol Normatov

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Liverpul"ning mavsumi, Mourinoning ketishi... APLning yangi mavsumidagi intrigalar