O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper dastlabki ishni futbolchilarni ko‘zdan kechirishdan boshlash niyatida.
Shu maqsadda Ektor Kuper uchun 22 avgustdan 1 sentyabrga qadar Toshkentda o‘quv mashg‘ulot yig‘ini tashkil qilinadi. Yig‘in boshida asosan milliy chempionatimizda to‘p surayotgan futbolchilar ko‘zdan kechirilsa, sentyabrga yaqin xorijda to‘p surayotgan legioner futbolchilar ham yig‘inga kelib qo‘shilishadi.
Terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko‘zdan kechirish va O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosini shakllantirish uchun Ektor Kuper va uning yordamchilari reja asosida ish olib borishadi.
Shuningdek, xabar qilinganidek, O‘zbekiston MTJ uchun Suriya, Shimoliy Koreya, Qatar kabi terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur o‘yinlar orqali Kuper va uning yordamchilari O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibini shakllantirib borishadi.
Manba: www.ufa.uz
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi