18 avgust kuni Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari start oladi. Kun.uz muxbiri ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining a’zolari bilan “Toshkent” xalqaro aeroportida suhbat uyushtirdi.
Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatovning aytishicha, musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritish uchun harakat qiladi.
“Oltinga harakat qilaman. Boshqa maqsad yo‘q, faqat oltin. Tayyorgarlik uch bosqichdan iborat bo‘ldi. Har bir bosqichi 15-16 kun davom etdi. Har birida yaxshilab mashg‘ulotlar olib bordik.
Olimpiadaga qanday tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsak, bunga ham shunday darajada tayyorlandik. Bu yilning eng asosiy musobaqasi. Qozog‘iston, Hindiston, Filippindan kuchli bokschilar bor. Yaxshi natijalarni qo‘lga kiritish maqsadida ketyapmiz”, - deydi Do‘smatov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining bayroqdori Isroil Madrimov har bir sportchimiz oltin medalga loyiq ekanini ma’lum qilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi