Joze Mourino: Bu mavsum kuchli to‘rtlikka kirish ham juda qiyin bo‘ladi

Joze Mourino: Bu mavsum kuchli to‘rtlikka kirish ham juda qiyin bo‘ladi
Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino APLning boshlangan yangi mavsumi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Oldimizda juda qiyin vazifa turibdi, chunki endi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritish juda qiyin. Bu mavsum xatto kuchli to‘rtlikka kirish ham juda mushkul vazifaga aylanadi.

Yozgi transferlar davrida ajoyib xaridlarni amalga oshirgan “Liverpul” bu mavsum chempion bo‘lishni istaydi. “Chelsi” huddi “Manchester Siti” kabi fantastik jamoa. “Tottenxem” esa o‘z yetakchilarini tarkibda saqlab qolishga erishdi”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, MYU premyer-liganing ilk turida o‘z maydonida “Lester”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Bugun esa ular safarda “Brayton” mehmoni bo‘lishadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar