Bugun, 26 avgust kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo oʻyinlari doirasida ogʻir atletika bahslari davom ettirildi.
Bugungi bahslarda oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, Rio Olimpiadasi chempioni, -105 kg vaznda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Ruslan Nuriddinov dast koʻtarishda 191 kg, siltab koʻtarishda esa 230 kg toshni oʻziga boʻysundirib, umumiy 421 kg natija bilan raqiblaridan ustun keldi. Ruslan shu bilan birga Osiyo oʻyinlari rekordini ham yangiladi.
Ayni damda Indoneziyada boʻlib turgan KUN.UZ jamoasi chempion bilan suhbatlashdi.
«2010 yilda yutqazgan edim, 2014 yilgi Osiyo oʻyinlarida esa olgan jarohatim sabab qatnasha olmagandim. Alloh gʻalaba qozonishimni aynan mana shu bugunga bitgan ekan, gʻolib boʻldim. Olimpiadaning shukuhi boshqacha, lekin ayni damdagi hissiyotlarim oʻzgacha.
Ishonasizmi, bahs oldidan murabbiylar bilan ozgina tortishib qoldik. Qaysi maʼnodaki, 222 kg koʻtarganimdan keyin chempionlik naqd boʻlgach, ular 230 kg koʻtarib nima qilasan, oldinda jahon chempionati bor, oʻzingni asragin deyishdi. Men esa bunga rozi boʻlmadim va aynan mana shu ogʻirlikni koʻtarishni istadim. Ochigʻini aytsam, tosh koʻtarganimdan soʻnggina Osiyo oʻyinlari tarixida ogʻir atletika boʻyicha rekord oʻrnatganimni bildim va bundan juda xursandman. Olimpiadadan soʻng orada ancha tanaffus boʻldi, shu sababmi bugungi musobaqada biroz hayajon boʻldi, ammo barcha rejalar uddalandi.
Keyingi yil Ashxobod shahrida ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladi. Mana shu musobaqa ham puxta tayyorlanib, sovrindorlar qatoridan joy olish niyatimiz bor», deydi Nuriddinov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi