date

Boks: Iqboljon Xoldorov ham chorak finalda

Boks: Iqboljon Xoldorov ham chorak finalda
Osiyo oʻyinlarining navbatdagi kun bahslari davom etmoqda.

Kun dasturidan oʻrin olgan boks bahslarining 64 kg vazn toifasining nimchorak final bosqichida hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov iordaniyalik Obadi Alkasbehga qarshi ringga koʻtarildi.

Qiziqarli kechgan jangda vakilimiz 5:0 hisobida gʻalaba qozondi va chorak final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Qayd etish lozim, oldinroq -49 kg vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Hasanboy Doʻsmatov ham laoslik raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boks: Iqboljon Xoldorov ham chorak finalda