
Bugun, 29 avgust kuni Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo oʻyinlari davom ettirilmoqda.
Oʻzbekiston boks terma jamoasi aʼzosi, Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Doʻsmatov turnir yarim finalga yoʻl oldi.
U chorak finalda qirgʻizistonlik Mirlan Turkbay uluni 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27) hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Bugun yana 3 nafar oʻzbekistonlik bokschi, -56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov (16:15), -64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov (12:30) va -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov (17:15) ham chorak final janglarida ringga chiqadi.
28 avgust kuni oʻtkazilgan bahslarda Oʻzbekiston boks jamoasining uch vakili Jasur Latipov (-52 kg), Shunqor Abdurasulov (-60 kg) va Bobousmon Baturov (-69 kg) oʻz janglarida gʻalaba qozonib, Osiyo oʻyinlari yarim finaliga chiqqandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar