Tailandlik bokschi Vayenxong Menayotin professional ringda birorta magʻlubiyatga uchramay, 51-gʻalabasini qoʻlga kiritdi. 32 yoshli sportchi bu borada amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning rekordini yangiladi.
Menayotin 29 avgustda filippinlik Pedro Tadurana magʻlub qilib, 47,62 kggacha vazn toifasida WBC chempionlik kamarini himoya qila oldi.
Menayotinning hisobida 51 ta jangdan 51 ta gʻalaba bor. Amerikalik esa faoliyatida 50 ta jangdan 50 tasida zafar quchib, hamyurti Rokki Marchianoning magʻlubiyatsiz janglar boʻyicha rekordini yangilagandi. Marchiano 1940 yildan 1950-yillargacha boʻlgan davr ichida ketma-ket 49 ta gʻalabani qoʻlga kiritgan.
Menayotin 2014 yil noyabrda WBC chempioni kamarini yutgan. Bokschi barcha janglarini ona vatani – Tailandda oʻtkazgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?