3 972
Yevropada Chempionlar ligasi va Yevropa ligasidan boshqa yana bir yevrokubok joriy etiladi
2021/22 yilgi mavsumdan Yevropada Chempionlar ligasi va Yevropa ligasidan keyingi oʻrinda turuvchi uchinchi yevrokubok oʻtkazila boshlanadi. Bu haqda Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) prezidenti Andrea Anyelli Splitda oʻtkazilgan uchrashuv chogʻida maʼlum qilgan.
Uning aytishicha, UYEFA klublar oʻrtasidagi uchinchi yevrokubok musobaqasi uchun ruxsat bergan.
“UYEFAning ruxsatini kutayotgan edik. Mana endi uchinchi musobaqani yaratish yoʻlida «yashil chiroq” yondi. Bu turnir 2021/22 yillar mavsumidan eʼtiboran 96 klub bilan start oladi», - deya Anyellining soʻzlarini keltirib oʻtdi Football Italia.
Yevropa kubogi deb nomlanuvchi yangi musobaqa formati hozircha nomaʼlum, biroq u 90-yillarga qadar oʻtkazib kelingan Kubok egalari kubogi bilan oʻxshash boʻlishi taxmin qilinmoqda. Kubok egalari kubogi 1960-1999 yillar oraligʻida oʻtkazilgan boʻlib, unda UYEFAga aʼzo mamlakatlar kubogini qoʻlga kiritgan klublar ishtirok etgan.
Ayni vaqtda Yevropada ikkita yirik xalqaro turnir bor. Chempionlar ligasi guruh bosqichida 32, Yevropa Ligasi guruh bosqichida esa 48 jamoa ishtirok etadi.
Avvalroq Yevropa kubogining yoʻlga qoʻyilishi bilan Yevropa ligasining guruh bosqichi ishtirokchilari soni 48tadan 32 taga qisqarishi maʼlum qilingan. Shuningdek, ushbu turnirning muxlislar hamda reklama beruvchilar uchun jozibasi oshirilishi koʻzda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi