date

Italiya “A” seriyasidagi jamoalar soni qisqarishi mumkin

Italiya “A” seriyasidagi jamoalar soni qisqarishi mumkin

Italiya futbol federasiyasi prezidenti Karlo Tavekkio 2016/17 yilgi mavsumda “A” seriyada qatnashadigan jamoalar sonini 20 tadan 18taga kamaytirish rejasi borligini ma’lum qildi. Bu haqida Italiya futbol amaldorining so‘zlariga asoslanib, “Corriere della Sera” nashri xabar bermoqda.

“2015 yil davomida biz bu haqida yaxshilab o‘ylab ko‘ramiz va 2016 yildan boshlab chempionatdagi jamoalar sonini 18taga tushirish bo‘yicha federasiya a’zolari ichida saylov o‘tkazib, bir qarorga kelamiz”, deydi Tavekkio.

Eslatib o‘tamiz, Italiya futbol birinchiligida 2003/04 yilgi mavsumgacha 18 jamoa qatnashar edi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Italiya “A” seriyasidagi jamoalar soni qisqarishi mumkin