
Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor rossiyalik Habib Nurmagomedovga qarshi UFC chempionati kamari uchun jangga qanday tayyorgarlik koʻrayotgani tasvirlangan rolikni eʼlon qildi.
Makgregor instagramdagi oʻz sahifasida mashgʻulotlardan videoni eʼlon qildi va jangga oʻzining tayyorgarligi dasturini qisman koʻrsatdi. Videoda irlandiyalik parterda, qoʻlda va sparringlarda ishlayotgani tasvirlangan.
Nurmagomedov – Makgregor jangi 6 oktyabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladi. Nurmagomedov uchun bu jang aprel oyida amerikalik El Yakvinta ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng qoʻlga kiritilgan chempionlik kamarini himoya qiladigan birinchi bellashuvga aylanadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qodirov Timati va Nurmagomedov mojarosi sabab videomurojaat bilan chiqqandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.