Futbolchilar belgilangan penalti uchun hakamni doʻpposlashdi (video)

Futbolchilar belgilangan penalti uchun hakamni doʻpposlashdi (video)
Футболчилар белгиланган пенальти учун ҳакамни дўппослашди (видео)

Indoneziya chempionatining ikkinchi divizionida oʻtkazilgan uchrashuvda futbolchilar bosh hakamni kaltaklashdi.

Hodisa “Gresik Yunayted” va “Persiva Vamena” oʻrtasidagi bahs yakunida sodir boʻldi. Hakam 90-daqiqada mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Hakamning qarori futbolchilar oʻrtasida norozilik keltirib chiqardi hamda ular referiga tashlanishdi. Natijada ikki futbolchi maydondan chetlatildi, penalti esa aniq amalga oshirildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar