“26 sentyabr kuni poytaxtimizda joylashgan «Universal” sport saroyining majlislar zalida Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Adliya vazirligi vakillari, federatsiya Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari, viloyat federatsiyalari rahbarlari, hakamlar, murabbiylar, terma jamoa aʼzolari ishtirok etishdi», deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi matbuot xizmati.
Kun tartibidan viloyat federatsiya rahbarlari, OʻKMF bosh hakami va terma jamoalar murabbiylaridan kelib tushgan murojaat va arizalarni koʻrib chiqish, shuningdek, tashkilotga yangi rahbar saylash masalalari oʻrin olgandi.
Yigʻilish davomida federatsiyada yuzaga kelgan bir qator masalalar koʻrib chiqilib, muhokama qilindi.
Shundan soʻng Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi raisi lavozimiga Alamjon Toʻxtasinovich Mullayev nomzodi ilgari surilgan. Konferensiya ishtirokchilari koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlashgan va Mullayev tashkilotning yangi rahbariga aylangan.
Foto: Milliy olimpiya qoʻmitasi
Foto: Milliy olimpiya qoʻmitasi
Bungacha Osiyo sambo ittifoqi prezidenti sifatida ishlab kelgan Alamjon Mullayev endi Nurxon Nafasov oʻrnida ish boshladi.
Nurxon Nafasov shu yilning may oyida 12 yillik tanaffusdan keyin yana Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasiga prezident boʻlgandi. U bu safar yarim yilga qolmay lavozimni tark etishi sababi nomaʼlum. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Global Janub kimniki?
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi