“MYU” xoʻjayinlari Mourinoning jamoadagi kelajagi borasida bir qarorga kelishdi

“MYU” xoʻjayinlari Mourinoning jamoadagi kelajagi borasida bir qarorga kelishdi
Manchester Yunayted” klubi xoʻjayinlari- Joel va Avram Gleyzerlar bosh murabbiy Joze Mourinoning jamoadagi kelajagi borasida oʻz qarorlarini maʼlum qilishdi.

ESPN nashri tarqatgan xabarga koʻra amerikalik biznesmenlar portugaliyalik mutaxassisning mahoratiga toʻliq ishonch bildirishmoqda va uni isteʼfoga chiqarishmoqchi emas.

Eslatib oʻtamiz, Mourino boshchiligidagi MYU ketma-ket 4ta oʻyindan buyon gʻalaba qozona olmayapti. Mankuanliklar ayni damda APLning ortda qolgan 7ta turidan soʻng 10-oʻrinni egallab turishibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar