18:55 / 07.10.2018
1 940

“Old Trafford”dagi “kambek”: bu nimani anglatadi?

“Old Trafford”dagi “kambek”: bu nimani anglatadi?
“Manchester Yunayted” kecha oʻz uyida “Nyukasl Yunayted”ni qabul qildi va ikki gol farqi bilan ortda borayotganiga qaramay Joze Mourino bahtiga kambek uyushtirdi va gʻalabani ilib ketdi.

“Nyukasl” Kenedi va Yoshinori Mutoning gollari evaziga hisobdan oldinga chiqib olishgan edi. Biroq ikkinchi boʻlimda “qizil iblislar” nihoyat uygʻonishdi va birin-ketin gollar urishdi.

Oʻyin tugashiga 20 daqiqa qolganida Xuan Mata hisobni qisqartirdi. Antoni Marsyal muvozanatni yoʻqqa chiqargan boʻlsa, 90 daqiqa oʻtib borayotganida Aleksis Sanches 19-sentyabrdan beri birinchi marta jamoasining ilk gʻalabasini qoʻlga kiritishga yordam bergan golni urdi.

Xoʻsh, kechagi oʻyinda yana qanday xulosalarni chiqarishimiz mumkin? Quyida shu haqida soʻz yuritamiz.

“Oʻzgacha” hali tirik


Mourinoni muddatidan oldini “koʻmib tashlashdi.” Birinchi boʻlimdan keyin ikki toʻp farqi bilan yutqazayotgan MYU navbatdagi magʻlubiyatini qabul qilib oladi, deganlar koʻp boʻldi.

Ikki gol oʻtkazib yuborilishi himoyada yetarlicha muammolar borligini koʻrsatardi. Shuningdek, 19-daqiqadayoq Erik Bayi jarohat olib maydonni tark etdi va uning oʻrniga Xuan Mata tushirildi. Yarim himoyachi Skott Maktomini himoyaga oʻtkazildi.

Birinchi boʻlimdan keyin Maruan Fellayni Nemanya Matich bilan himoyachilarga yordamga oʻtdi. Hatto Pol Pogba ham vaqti-vaqti bilan himoyachilarga yordamga kelib turdi.

Barcha Mourinoning 2016-yil oktyabrida Pogbaning himoyadagi isteʼdodi haqida aytgan gaplarini eslagan boʻlsa ajabmas. “U top futbolchi va oʻylaymanki undan ajoyib markaziy himoyachi chiqadi” – degandi Mourino oʻshanda.

Yang qaridi, shekilli


“Qizil iblislar”ning erta gol oʻtkazib yuborishida qisman Eshli Yangning aybi bor. Kenedining hisobni ochishida angliyalik futbolchi uni oʻtkazib yubordi. Natijada David De Xea jamoasini goldan qutqarib qololmadi.

Ikkinchi golda ham u bu safar Mutoni qoʻriqlay olmadi. U jarima maydonchasiga yorib kirayotgan raqib hujumchisini toʻxtatib qolishning uddasidan chiqolmadi.

Yang birinchi boʻlimni juda yomon oʻtkazdi. U sal qolsa oʻz jarima maydonchasi ichida qoʻli bilan oʻynagani uchun penaltiga sababchi boʻlib qolardi. Ammo referi uni jazolamadi. Yang asosiy tarkibda Diogo Dalo maydonga tushishiga yoʻl ochib bergandek. Mourino yoki MYUning yangi murabbiyi oʻng qanot himoyasidagi ishlarni qayta oʻylab chiqishi kerakka oʻxshaydi.

Yoshinori Muto oʻzini koʻrsatdi


Premyer Ligada yetti oʻyindan beri gʻalaba qozona olmay kelayotgan “Nyukasl” gol urib olgach himoyaga yotib olsa ham boʻlardi. Ammo Rafa Benites raqibiga qarshi jangovar oʻyin koʻrsatishni niyat qildi.

Yoshinori Muto mavsum boshidan beri zaxiradan oʻyinga qoʻshilib oʻzini koʻrsatgach, ilk daqiqalardan maydonga tushish bahtiga musharraf boʻldi.

Oʻyindan oldin “qargʻalar” muxlislari nihoyat yapon hujumchisini asosiy tarkibda koʻrayotganliklaridan xursand ekanliklarini bildirishdi. U esa nega bunday ekanligini uzoq kuttirmadi.

U jamoasini birinchi boʻlimda ikki gol farqi bilan oldinga chiqib olishiga yordam berdi.

Matichda haliyam muammolar bor


Nemanya Matich oʻynashga qiziqmasa, demak unda muammolar borligini anglatadi. Serbiyalik futbolchi Mourino bilan bundan avval “Chelsi”da ham birgalikda faoliyat olib borgandi. 2015-16-yilgi mavsumda u murabbiy isteʼfoga chiqarilgan vaqtda jamoa bilan 16-oʻringa ham tushib ketgandi.

Mourinoning MYUdagi uchinchi mavsumida Matich murabbiy va uning taktikalariga ishonmasdan oʻynayotgandek koʻrinmoqda.

Oʻtkazib yuborilgan birinchi golda Matich yarim himoyada ozroq mehnat qilganida buning oldi olingan boʻlardi.

Ikkinchi boʻlimda Matich jamoasining birinchi goliga mualliflik qilish imkoniyatini koʻkka sovurdi. Serbiyalik yarim himoyachi xavfli vaziyatni ancha yuqoriga yoʻlladi.

Benites magʻlubiyatda oʻzini ayblashi shart


Dastlabki 45 daqiqada “Nyukasl” ajoyib oʻynadi. Birinchi boʻlimni gʻolib sifatida yakunlashga haqli oʻyin namoyish qildi.

Biroq mavsumdagi dastlabki gʻalabaga yana bir taym qolganida MYUga qarshi himoyaga oʻtirib olishni maʼqul topdi. Yakunda “qargʻalar” buning badalini toʻladi.

Kenedini “Manchester Yunayted” birinchi golini urishidan oldin zaxiraga olishiga jarohat sabab boʻlgan boʻlsa, Mutoni oʻyindan olishda adashdi. Uning oʻrniga Kristian Atsu maydonga tushirildi. Bu jamoasiga foyda bermadi.

Bundan tashqari klub muxlislari Benitesga qarshi qoʻshiq kuylashda davom etdi. Bu hatto ehtimoliy uch ochkoga erishishi mumkin boʻlgan vaqtda ham davom ettirildi.

Navbatdagi magʻlubiyat tufayli “Nyukasl” Premyer Ligada 19-oʻringa tushib qoldi. Sakkizinchi turdan keyin “qargʻalar” atigi 2 ochko jamgʻarishgan, xolos.
Erkinjon Gʻaybullayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Old Trafford”dagi “kambek”: bu nimani anglatadi?