UFCʻning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor rossiyalik Xabib Nurmagomedovdan revansh olish istagi haqida gapirdi.
“Jang yaxshi boʻldi. Ammo men uni sharmanda qilmoqchi edim. Endi revansh jang istayman”, — deya yozgan Makgregor oʻz tvitterida.
Xabib Nurmagomedov jangning toʻrtinchi raundida Makgregorga qarshi boʻgʻish uslubini qoʻllab, gʻalabaga erishdi.
Jang yakunida dogʻistonlik oktagondan sakrab chiqdi va irlandiyalik raqibining murabbiyi Dillon Dennisga tashlandi. Xuddi shu vaqtda uning jamoasi aʼzolari oktagon ichiga kirib Makgregorning oʻziga hujum qilishdi. Janjal politsiyachilar aralashuvi bilan toʻxtatildi.
Hozirda Nevada shtati sport komissiyasi ushbu holat boʻyicha tekshiruv olib bormoqda.
Oxirgi xabarlarga koʻra, qoidalarni buzgani uchun Xabib Nurmagomedov diskvalifikatsiya qilinishi va chempionlikdan mahrum qilinishi mumkin. Shuningdek, unga jang uchun toʻlanishi kerak boʻlgan gonorar tekshiruv yakunlangunicha muzlatib qoʻyilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasidagi revansh jang o‘tkazilishi sharti ma’lum qilindi

Nurmagomedov nima sababdan Makgregorga revansh bermasligini aytdi

Xabib VS Konor: jang 2019 yilda bo‘lishi tasdiqlandi

Nurmagomedov yarim yilga diskvalifikatsiya qilinishi va jarimaga tortilishi mumkin

Nurmagomedov jangdan keyingi mojaroga izoh berdi (video)

Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor vazn oʻlchashdi