
13 oktyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi KXDR bilan oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Ushbu uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomi maʼlum boʻldi. Unga koʻra, KXDRga qarshi bahsni qirgʻizistonlik Dmitriy Mashensev boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Bahodir Qoʻchqorov va Ismoil Tolibjonov yordam beradi. Zaxira hakami oʻzbekistonlik Jasur Muxtorov boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, qirgʻizistonlik hakamlar brigadasi 11 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston - Eron uchrashuvida ham ishlashgan edi.
Oʻzbekiston - KXDR
13 oktyabr. “Milliy” stadioni. 19:00
Hakamlar: Dmitriy Mashensev, Bahodir Qoʻchqorov, Ismoil Tolibjonov (uchalasi Qirgʻiziston). Jasur Muxtorov (Oʻzbekiston) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar