Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Fedor Yemelyanenko Bellator Gran-Prisi yarim finalida amerikalik Cheyl Sonnenni mag‘lubiyatda uchratdi.
Nyu-Yorkda o‘tkazilgan jangning birinchi raundida Yemelyanenko bir zarba bilan raqibni polga qulatdi. U amerikalik jangchiga ustma-ust zarbalar tushira boshlaganida, referi jangni to‘xtatdi.
Yarim finalning ikkinchi jangida Rayan Beyder amerikalik Mett Mitrion ustidan g‘alabaga erishdi.
Yemelyanenko shu yilning aprelida turnir chorak finalida boshqa bir amerikalik Frenk Murni mag‘lubiyatga uchratgandi.
Bu 42 yoshli Yemelyanenkoning faoliyatidagi 38-g‘alaba bo‘ldi. U janglarning 5tasida mag‘lub bo‘lgan. Rossiyalik sportchi Pride tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan turnirlarda 2003 yildan 2007 yilgacha uzluksiz chempion bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi