Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Fedor Yemelyanenko Bellator Gran-Prisi yarim finalida amerikalik Cheyl Sonnenni mag‘lubiyatda uchratdi.
Nyu-Yorkda o‘tkazilgan jangning birinchi raundida Yemelyanenko bir zarba bilan raqibni polga qulatdi. U amerikalik jangchiga ustma-ust zarbalar tushira boshlaganida, referi jangni to‘xtatdi.
Yarim finalning ikkinchi jangida Rayan Beyder amerikalik Mett Mitrion ustidan g‘alabaga erishdi.
Yemelyanenko shu yilning aprelida turnir chorak finalida boshqa bir amerikalik Frenk Murni mag‘lubiyatga uchratgandi.
Bu 42 yoshli Yemelyanenkoning faoliyatidagi 38-g‘alaba bo‘ldi. U janglarning 5tasida mag‘lub bo‘lgan. Rossiyalik sportchi Pride tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan turnirlarda 2003 yildan 2007 yilgacha uzluksiz chempion bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Fyodor Yemelyanenko Bellator gran-prisi finalida nokautga uchradi (foto, video)

Yemelyanenko raqibini mag‘lub eta olmadi va shifoxonaga yotqizildi

Fyodor Yemelyanenko amerikalik jangchi Mir ustidan g‘alaba qozondi (video)

Fedor Emelyanenko Bellator’dagi ilk jangini yutqazdi

Fyodor Emelyanenko Mett Mitrionga qarshi jang o‘tkazadi. Mashhur sportchining imkoniyatlari qanday?

Sportga qaytgan Emelyanenko yakshanbaga o‘tar kechasi navbatdagi jangini o‘tkazadi