2019 yilning 5 yanvar – 1 fevral kunlari BAAda Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi «F» guruhida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Mazkur musobaqa davomida har bir milliy terma jamoa uchun alohida avtobus ajratilib, ushbu avtobusga terma jamoa shiori yozib qo‘yiladi. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy saytida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogidagi shiori uchun ovoz berish jarayoni boshlandi.
Terma jamoamiz uchun 3 ta shior varianti taqdim etilgan:
«KUCh BIRLIKDA» — «FORCE IN UNITY»
«BITTA OSIYo. BITTA JAMOA, BITTA ORZU» — «ONE ASIA. ONE TEAM. ONE DREAM».
«BIZ ShU YeRDAMIZ. O‘ZBEKISTON» — «HERE WE ARE. UZBEKISTAN»
Quyidagi havola orqali OFK rasmiy saytiga o‘tib, o‘zingizga yoqqan shior uchun ovoz berishingiz mumkin.
Eng ko‘p ovoz to‘plagan shior Osiyo Kubogi davomida terma jamoamizni olib yuradigan avtobusda aks etadi. Ovoz berish jarayoni shu yilning 1 noyabr kuniga qadar davom etadi. Qaysi shior eng ko‘p ovoz olgani 5 noyabr kuni e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin