01:00 / 24.10.2018
3 002

Marat Bikmayev: "Hujumchining vazifasi – gol urish"

Marat Bikmayev: "Hujumchining vazifasi – gol urish"
Superliganing 27-turi doirasida "Navbahor" jamoasi mag‘lub etilganidan keyin "Lokomotiv" jamoasi hujumchisi Marat Bikmayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Murabbiyning gaplariga qo‘shilaman. Uch kun ichida ikkita o‘yinda qatnashish og‘ir bo‘ldi. Vazifa og‘ir edi. Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qildik. Gol urdik va g‘alabaga loyiq ekanligimizni ko‘rsatdik.

Barcha jamoalar bizga qarshi himoyaviy o‘yin ko‘rsatmoqda. Agarda raqiblarimiz hujumkor o‘yin ko‘rsatganida, ularning himoyasida kattaroq bo‘sh hududlar bo‘lardi. Shu orqali biz ham ko‘proq xavfli vaziyatlar yarata olgan bo‘lardik.

Termada gol urdim. Ha, gol urish yaxshi. Hujumchi gol urishi kerak. Agarda u bir o‘yinda darvozani ishg‘ol qilsa, keyingi o‘yinda o‘ziga ishonch bilan maydonga chiqadi", - dedi Bikmayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marat Bikmayev: "Hujumchining vazifasi – gol urish"