
Professional boksning ikkinchi super yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev WBA ning yangilangan reytingida uch pog‘ona yuqoriladi.
31 oktyabr kuni e’lon qilingan reytingga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliyev 3-o‘rinda qayd qilingan. Sentyabr oyi uchun reytingda u 6-o‘rinda borayotgandi. Ayni vaqtda Ahmadaliyev vazn toifasidan qat’i nazar, O‘zbekistonning birinchi raqamli bokschisi bo‘lib turibdi.
WBA reytingidan, shuningdek, yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan. Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Hasanov 7-pog‘onani saqlab qolgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov bir pog‘ona pastlab 15-o‘ringa tushgan.
Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov 24 noyabr kuni professional boksdagi navbatdagi janglarida ishtirok etadi. Shohjahon Ergashev esa 17 noyabr kuni ringga chiqishi ko‘zda tutilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar