“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasida “Hasanboy Do‘smatov” nomli ikki qismli hujjatli film suratga olindi.
31 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda yangi filmning katta ekrandagi ilk namoyishi o‘tkazildi.
Filmda bokschi Hasanboy Do‘smatovning Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi olimpiadadagi g‘alabasi haqida hikoya qilinadi.
Premerada yangi asarni suratga olishdan maqsad yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportning inson hayotidagi o‘rnini ko‘rsatib berishdan iboratligi aytib o‘tildi.
Film rejissyori Raisa Roldugina, ssenariy muallifi Dilfuza Turdiboyeva, operator Behzod Qodirov.
Hasanboy Do‘smatov 2016 yili Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi olimpiya o‘yinlari, 2015, 2017 yilgi Osiyo chempionati, 2013 yilgi jahon yozgi universiadasi g‘olibi sanaladi. Shuningdek, u 2017 yilda Hamburgda o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionati va Jakartada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?