
Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Yemelyanenko 15 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Yemelyanenko RCC musobaqasi doirasida braziliyalik Fransimar Barrozuga qarshi oktagonga chiqadi. Jangga Yekaterinburg shahri mezbonlik qiladi.
Barrozu shu kunga qadar 21 jangda g‘alaba qozonib, 7 ta jangda mag‘lub bo‘lgan, yana bitta jangda durang qayd etgan. Shuningdek, bitta jangi bekor qilingan.
Fyodor Yemelyanenkoning ukasi Aleksandr esa 28 ta jangda g‘alabani tantana qilgan. 7 ta jangda mag‘lub bo‘lib, 1 tasida durang qayd etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar