
Xitoy chempionatining 29-turidan o‘rin olgan bahsda «Shanxay SIPG» o‘z maydonida «Beyjin Jenxe» jamoasini qabul qildi. Unda mezbonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Odil Ahmedov o‘zining ajoyib zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida U Ley hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Mehmonlar bitta to‘p bilan javob qaytarishdi.

Odil ushbu uchrashuvning 64-daqiqasida zaxiraga olindi. Shu tariqa, hamrtimiz jamoasi muddatidan oldin Xitoy chempionligini qo‘lga kiritdi.
Xitoy Superligasi, 28-tur
«Shanxay SIPG» – «Beyjin Jenxe» 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 20 Ahmedov, 2:0 – 47 U Ley, 2:1 – 65 Diop.

Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar