22:32 / 10.11.2018
2 654

«Kashima Antlers» – OChL-2018 g‘olibi!

«Kashima Antlers» – OChL-2018 g‘olibi!
Osiyo Chempionlar ligasi finalining javob bahsidan o‘rin olgan «Persepolis» – «Kashima Antlers» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Erondagi «Ozodi» stadionida bo‘lib o‘tgan bashda nursiz durang qayd etildi.

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida kechdi va o‘yin nisbatan sokin kechdi. Ikki tomonda ham bir qator vaziyatlar bo‘ldi, ayniqsa mehmonlar hujumlarda faolroq bo‘lishdi.

Ikkinchi bo‘lim ham ana shunday ruhda boshlandi va faqat taym o‘rtalaridan o‘tib forslar bosimni oshirishdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida tashabbus to‘liq «Persepolis» futbolchilarida bo‘ldi, biroq maydon egalari raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadilar.

Shu tariqa, ilk o‘yinda 2:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritgan yaponiyalik futbolchilar OChL-2018 g‘olibiga aylanishdi. Bosh kubok yana sharq mintaqasi vakiliga nasib etdi

OChL-2018, Final
Javob bahsi

«Persepolis» – «Kashima Antlers» 0:0 (0:0, 0:0)

10 noyabr, 20:00, «Ozodi»

«Persepolis»: Alirizo Beyronvand, Muhammad Ansori, Said Jalol Husseyni, Ali Musle, Shojaye Halilzade, Ahmad Nurullohi, Adham Nemati, Bashar Resan, Kamol Kamyabiniya, Godvin Mensha, Ali Alipur.

«Kashima Antlers»: Gvon Sun Txe, Shoji, Nishi, Yamamoto, Chon Sin Hyon, Abe, Doi, Misao, Leo Silva, Suzuki, Serjino.

Ilk uchrashuv: 0:2

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Kashima Antlers» – OChL-2018 g‘olibi!