17:10 / 16.11.2018
2 885

Germaniyalik muxlislar rossiyalik nemisni "qog‘ozbo‘ron" qilishdi

Germaniyalik muxlislar rossiyalik nemisni "qog‘ozbo‘ron" qilishdi
Foto: «Twitter»
Kecha, 16 noyabr kuni Leypsig shahrida bo‘lib o‘tgan Germaniya — Rossiya o‘rtoqlik o‘yinida burchak to‘pini tepishga kelgan mehmonlar futbolchisi Konstantin Raushga mahalliy muxlislar g‘ijimlangan qog‘oz bo‘laklarini uloqtirishdi.

Raushga bu munosabat uning futboldagi taqdiri bilan bog‘liq. O‘zi Rossiyaning Tomsk shahrida tug‘ilgan, olti yoshida ota-onasi bilan Germaniyaga ko‘chib o‘tib, futboldagi faoliyati shu yerda boshlangan. Raush 2005 yili Germaniya yoshlar terma jamoasida o‘ynagan, tengqurlari orasida eng iqtidorli futbolchilardan sanalgan.

Ammo Raush «katta futbol»ni millatdoshlari uchun emas, tug‘ilib o‘sgan vatani — Rossiya uchun o‘ynashga ahd qildi, 2015 yili Rossiya pasportini, 2017 yili Rossiya terma jamoasi futbolkasini qo‘lga kiritdi.

Raush hatto klubdagi faoliyatini ham «sharq»qa ko‘chirdi, 2018 yili bundesligadan Rossiya chempionatiga o‘tdi, biroq jahon chempionati uchun Cherchesov tuzgan tor ro‘yxatga «sig‘may qoldi».

Germaniya — Rossiya o‘yiniga qaytadigan bo‘lsak, uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Germaniyalik muxlislar rossiyalik nemisni "qog‘ozbo‘ron" qilishdi