21:36 / 18.11.2018
2 513

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ko‘zi bog‘langan holda mashg‘ulot o‘tkazdi (foto)

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ko‘zi bog‘langan holda mashg‘ulot o‘tkazdi (foto)
Avstraliyaning Brisben shahrida yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bugun "Perry Park" stadionida navbatdagi mashg‘ulotni o‘tkazdi.

Terma jamoa shifokori Abror Pirriyevning O‘FA matbuot xizmatiga ma’lum qilishicha, tarkibdagi barcha futbolchilarning sog‘lig‘i joyida. Jarohat olganlar yo‘q.

Futbolchilar tezkorlikni oshirishga qaratilgan o‘ziga xos estafeta mashqlarini olib borishganini ta’kidlab o‘tish kerak. Bundan tashqari, murabbiylar shtabi terma jamoa a’zolarining ko‘zlarini bog‘lab, maydondagi jamoadoshi qayerda joylashganini his qilishga va unga to‘g‘ri pas berishga qaratilgan o‘ziga xos mashqlarni ham o‘tkazishdi.

Xabar qilinishicha, Avstraliya futbol federatsiyasi "Suncorp" stadioni maydon chimining sifati bilan bog‘liq muammo tufayli Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinni "Queensland Sport and Athletics Centre" (ANZ Stadium nomi bilan mashhur) o‘yingohida o‘tkazishni taklif qilgan. 17 noyabr kuni bu stadionda Avstraliya - Janubiy Koreya uchrashuvi (1:1) o‘tkazilgandi.

Ertaga O‘zbekiston termasi "Queensland Sport and Athletics Centre" stadionida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin oldidan so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazadi. Koreyslar bilan bahs 20 noyabr, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuperning kechagi mashg‘ulotlari voleybol o‘yinini ham o‘z ichiga olgan edi.
















Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ko‘zi bog‘langan holda mashg‘ulot o‘tkazdi (foto)