
Millatlar ligasi musobaqasining navbatdagi turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Portugaliya termasi «Afonsu Enrikesh» stadionida Polshani qabul qildi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida Andre Silva mezbonlrani oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 66-daqiqada Arkadiush Milik penaltini aniq bajarib, muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, o‘tgan turda pley-off masalasini hal qilib ulgurgan Portugaliya guruhda birinchi o‘rinni oldi, Polsha esa uchinchi pog‘onada qolib ketdi va V ligaga yo‘l oldi.
Parallel kechgan bahsda Shvetsiya termasi Rossiyani qabul qildi. «Frends-Arena»da kechgan o‘yin mezbonlarning ishonchli g‘alabasi bilan tugadi.
41-daqiqada Viktor Lindelyof hisobni ochgan bo‘lsa, 72-daqiqada Markus Berg jamoasining ikkinchi golini urdi. Shu tariqa, Shvetsiya guruhda birinchi o‘rinni olib A divizion yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, Rossiya esa V ligada qolib ketdi.
Serbiya termasi «Partizan» stadionida Litvani qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi va V divizionga yo‘llanma oldi.
Shotlandiya termasi o‘zida Isroilni qabul qildi va Jeyms Forrestning xet-trigi evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shunday qilib, shotlandlar S divizion 1-guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi va V divizionga yo‘llanma olishdi.
Millatlar ligasi
Portugaliya – Polsha 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 33 Andre Silva, 1:1 – 66, penalti Milik.
Portugaliya – Betu, Diash, Pepe, Rodriges, Gerreyru (Joau Mariu, 61), Vilyam Karvalyu, Danilu Pereyra, Sanshesh, Rafa Silva (Bruma, 70), Joau Kanselu, Andre Silva (Eder, 87).
Polsha – Shchensni, Chonek, Bereshinski, Kendzera, Bednarek, Zelinski (Shimanski, 90), Krыxovyak, Frankovski, Klix (Guralski, 75), Grositski (Kondzer, 79), Milik.
Ogohlantirishlar: Chonek (11), Bednarek (28), Diash (64), Frankovski (78), Joau Mariu (90).
Chetlatish: Danilu Pereyra (63).
Shvetsiya – Rossiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 41 Lindelyof, 2:0 – 72 Berg.
Shvetsiya – Olsen, Grankvist, Lyustig, Augustinsson, Olsson (Telin, 71), Yuxansson, Olsson (Gvidetti, 89), Klasson (Svensson, 80), Larsson, Lindelef, Berg.
Rossiya – Lunev, Djikiya, Nababkin, Noyshtedter, Ignatev, Ionov (Zabolotnыy, 69), Kuzyayev, Yeroxin (Ari, 77), Gazinskiy, Dzyuba, Poloz (Kambolov, 46).
Serbiya – Litva 4:1 (0:0, 4:1)
Gollar: 1:0 – 51, avtogol Julpa, 2:0 – 58 Mitrovich, 2:1 – 64 Petravichyus, 3:1 – 71 Priyovich, 4:1 – 74 Lyayich.
Serbiya – Raykovich, Milenkovich, Rodich, Rukavina, Velkovich, Maksimovich, Lukich (Feysa, 77), Gachinovich (Priyovich, 46), Jivkovich, Lyayich (Aleksich, 82), Mitrovich.
Litva – Shetkus, Yanushevskis, Girdvaynis, Slavitskas, Chernыx, Petravichyus, Vorobevas (Matulyavichyus, 69), Sirgedas, Kazlauskas (Shyarnas, 59), Julpa (Yankauskas, 87), Baravikas.
Ogohlantirishlar: Girdvaynis (55).
Shotlandiya – Isroil 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 9 Kayyal, 1:1 – 34 Forrest, 2:1 – 43 Forrest, 3:1 – 64 Forrest, 3:2 – 75 Zaxavi.
Shotlandiya – Makgregor, Makkenna, Beyts, Robertson, Paterson, Armstrong (Fillips, 76), Makgregor, Kristi (Shinni, 76), Forrest, Freyzer, Fletcher (Maktomini, 87).
Isroil – Xarush, Ben Xarush, Tavatxa (Xemed, 85), Dasa, Taa (Koen, 67), Kayyal, Yeini, Zaxavi, Perets (Saba, 73), Natxo, Dabur.
Ogohlantirishlar: Makgregor (40), Taa (52), Perets (70), Ben Xarush (86), Fillips (89). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar