
O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o‘tkazib kelayotgan so‘rovnomasini davom ettiradi.
Ortda qolgan oktyabr oyida PEPSI Superligada 25-28-tur uchrashuvlari, shuningdek, O‘zbekiston kubogi-2018 final o‘yini o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator futbolchilar ajoyib o‘yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo‘ldi. Qolaversa, jamoalariga muhim ochkolarni qo‘lga kiritishda ko‘mak berishdi.
So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, oktyabr oyida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan “Nasaf” hujumchisi – Bobur Abduholiqov eng ko‘p ovoz to‘pladi vaoktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi. Abduholiqov bu borada Marat Bikmayev, Yovan Jokich va Farruh Sayfiyevlarni ortda qoldirdi.
Manba: www.pfl.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar